Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliyada samolyot halokatga uchradi

Avstraliyada samolyot halokatga uchradi

Foto: «sabah.com.tr»

Avstraliyaning Viktoriya shtati Gippsland shahrida kichik samolyot qulashi tufayli uchuvchi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Viktoriya shtati xavfsizlik kuchlarining ma’lum qilishicha, samolyot noma’lum sabab bilan mahalliy vaqt bilan bugun soat 14:35 da halokatga uchragan.

Shtat g‘arbidagi Gippsland shahrida bo‘sh hududga qulagan samolyotdagi uchuvchi halok bo‘lgan. Samolyot «Yakovlev Yak-9YuM» rusumli ekani ma’lum qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring