Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstriyada ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan poyezd daryoga qulab tushdi (foto)

Avstriyada ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan poyezd daryoga qulab tushdi (foto)

Foto: «ORF»

Avstriyaning Zalsburg federal shtatida elektr poyezdi relsdan chiqib ketib, daryoga qulab tushdi. O‘sha paytda uning ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan, ularning ko‘plari jarohatlangan, deb xabar berdi ORF agentligi mahalliy tahririyati.

Poyezdda 54 maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ulardan 17 nafari jarohat olgan. Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanganlarning ba’zilari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan kamida uch nafari og‘ir jarohatlangan. Ulardan biri vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.

Poyezd halokatiga temir yo‘l relslarida qayerdandir paydo bo‘lgan daraxt ildizi sabab bo‘lgan. Poyezd haydovchisi tormozni ishga tushirgan, ammo halokatning oldini olishga ulgurmagan va vagonlar relsdan chiqib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring