Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aysberg aholini sarosimaga tushirdi

Aysberg aholini sarosimaga tushirdi

Foto:«Haber 7»

Shimoliy Qutbdagi Grenlandiya oroliga ulkan aysberg parchasi yaqinlashayotgani uchun atrofdagi aholi xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.

Ulkan muztog‘i qo‘porilib, orol g‘arbidagi Innarsuit qishlog‘iga yaqinlashmoqda. 200 ga yaqin xonadon xavfsiz joyga ko‘chirilyapti.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday ulkan aysberg avval qishloqqa xavf solmagan ekan.

O‘tgan yili orolda sodir bo‘lgan zilzila tufayli uylar suv ostiga qolib ketgan, 4 kishi halok bo‘lgan edi.

Daniya qirolligiga qarashli muxtor o‘lka – Grenlandiya 2 million 166 ming kilometr2 maydonga ega dunyodagi eng katta orol hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring