Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bag‘dodda 32 kishining umriga zomin bo‘lgan portlashning videosi tarqaldi

Bag‘dodda 32 kishining umriga zomin bo‘lgan portlashning videosi tarqaldi

Foto: «Ua.112.ua»

Avvalroq Iroq poytaxti markazida kuchli portlash sodir bo‘lgani, kamida 12 kishi halok bo‘lgani, 20 dan ortiq kishi jarohat olgani haqida xabar bergandik.

Payshanba kuni Bag‘dodda sodir etilgan ikkita terakt qurbonlari 32 kishiga yetdi, 110 kishi jarohatlangan, deya xabar berdi Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi.

Payshanba kuni ertalab Al-bob ash-Sharqiy tumanidagi bozorlardan birida ikkita terrorchilik harakati sodir etildi. Terrorchilar portlovchi moslamani ishga tushirishdan oldin Iroq xavfsizlik xizmatlari xodimlari ularni ta’qib etayotgan bo‘lishgan, dedi Iroq qurolli kuchlari vakili Yahyo Rasul.

«Bag‘dodda yuz bergan ikkita portlash natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, 110 kishi yaralandi», — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Birorta ham terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring