Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahrayn ham Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga yaqin

Bahrayn ham Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga yaqin

Foto: «La Union»

Isroil va Bahrayn hukumatlari o‘zaro aloqalarni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

«Bugun yana bir tarixiy voqea! Bizning ikki katta do‘stimiz — Isroil va Bahrayn qirolligi tinchlik bitimiga kelishishdi — 30 kun ichida ikkinchi arab mamlakati ham Isroil bilan yarashdi!», — deb yozdi Tramp «Tvitter»da.

Tramp boshqa bir yozuvda AQSh, Bahrayn va Isroilning qo‘shma bayonotini taqdim etdi, unda «to‘laqonli diplomatik aloqalar» o‘rnatishga Yaqin Sharqning ikki mamlakati ham tayyorligini bildirgan.

Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, 15-sentyabr kuni Oq uyda BAA va Isroil o‘rtasidagi kelishuv imzolanishi marosimida Bahrayn delegatsiyasi ham qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida tinchlik bitimi imzolangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring