Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladeshda fabrikalar nega yonib ketmoqda?

Bangladeshda fabrikalar nega yonib ketmoqda?

Foto: «Thesun.co.uk»

Bangladesh poytaxti Dakka yaqinidagi ventilyator fabrikasidagi yong‘in o‘n kishini hayotdan olib ketdi, biroq halok bo‘lganlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi «Channel News Asia» Singapur yangiliklar kanali.

Dakka atrofidagi uch qavatli zavodda kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish uchun o‘t o‘chiruvchilar ikki soat ter to‘kishdi. Alanga tingach, o‘n kishining murdasi binodan olib chiqilgan. Fabrikada bo‘lgan odamlar soni aniq emas, o‘t o‘chiruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur fojiadan roppa-rosa to‘rt kun oldin Dakka atrofidagi plastmassa zavodida ham yong‘in yuz bergandi. O‘shanda yong‘in oqibatida 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Bir ishchi voqea joyida halok bo‘lgani, yana yetti kishi shifoxonaga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumishgani, shuningdek, 24 kishi kuyishdan jiddiy jarohatlangani xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, fabrika noqonuniy faoliyat olib borgan, yong‘inga texnika xavfsizligiga amal qilmaslik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bangladeshdagi zavodlarda tez-tez noxush hodisalar sodir bo‘lib turadi. Yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik hamda yilning qurg‘oqchil davrlari bunga asosiy sababchi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring