Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayden xotinidan uzoqlashgan zahoti «adashib qoldi» (video)

Bayden xotinidan uzoqlashgan zahoti «adashib qoldi» (video)

Foto: «Ren.tv»

G7 sammitida Amerika prezidenti Jo Bayden restoranda «adashib qoldi». Sarosimaga tushib qolgan rahbarning videosi ITV News telekanali tomonidan e’lon qilindi.

Kadrlarda Baydenning muassasa ayvoniga kirib borgani, keyin esa to‘xtab atrofga nazar tashlagani aks etgan.

«Kornuol sammiti qanday o‘tmoqda?» — deya jurnalistlar uni so‘roqqa tutishgandi u ijobiy javob qaytardi.

OAV vakillariga bir-ikki so‘z qotib, sarosimaga tushib qolgan Oq uy rahbari rafiqasi Jillni izlashda davom etayotgani shundoq bilinib turardi.

Keyinchalik ayvonning narigi tomonida birinchi xonim paydo bo‘lib, erini chaqirdi.

9-iyun kuni Jo Bayden Amerika yetakchisi sifatida Yevropa bo‘ylab ilk safarini boshladi. U o‘z safari doirasida G7 sammitida ishtirok etadi, NATO vakillari bilan uchrashadi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralar olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring