Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baydenning iti yana odamni tishlab oldi

Baydenning iti yana odamni tishlab oldi

Foto: «WHITE HOUSE / Reuters»

AQSh prezidenti Jo Baydenning Meyjor laqabli iti yana odamga tashlandi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib CNN xabar bermoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, uch yoshli ovcharka «tishlash hodisasi»ga aloqador bo‘lib, oqibatda erkak tibbiy yordamga murojaat qilgan. Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchi AQSh Milliy parki xizmati xodimi hisoblanadi. O‘sha paytda u Oq uy maysazorida ishlayotgan bo‘lgan.

Birinchi xonimning matbuot kotibi Jil Bayden o‘z navbatida ovcharka sayr paytida bir odamni tishlab olganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, odam jiddiy jarohat olmagan, ammo u har ehtimolga qarshi Oq uydagi tibbiyot markaziga murojaat qilgan.

Avvalroq prezidentning iti xavfsizlik xodimini tishlab olgan edi. Xabarlarga ko‘ra, u kutilmaganda Meyjorning yonida paydo bo‘lib qolgan. Jonivor esa odamga «yengil jarohat yetkazgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring