Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayrutdagi portlashning sifatli videosi paydo bo‘ldi

Bayrutdagi portlashning sifatli videosi paydo bo‘ldi

Foto: «Youtube.com»

Yuzlab insonlarning umriga zomin bo‘lgan Bayrut portidagi kuchli portlash yuqori sifatli kameraga tasvir olingan. Videoni «YouTube» foydalanuvchisi Németh Ágoston tarmoqqa joylagan.

Operator portdagi yong‘inni tasvirga olayotgan bo‘lgan. Birdan ammiak selitrasi ortilgan yuk portlab ketgan. Portlash to‘lqini qanday kuch bilan pristan yaqinidagi binolarga zarba bergani rolikda yaqqol ko‘rinib turibdi. Video muallifi o‘zi va yaqinlari shikastlanmaganini ma’lum qilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 154 kishi hayotdan ko‘z yumgan, besh mingdan ortiq kishi jarohatlangan. O‘nlab odamlar bedarak ketgan.

4-avgust kuni Livan poytaxtida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bunga Bayrut dengiz porti omborida saqlanayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lgan. Portlovchi modda 2014-yilda Afrika mamlakatlaridan birining bayrog‘i ostida suzuvchi kemadan katta qarzi borligi uchun musodara qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring