Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus endi «Belaya Rossiya» emas

Belarus endi «Belaya Rossiya» emas

Foto: «Stixi.ru»

Shvetsiya tashqi ishlar vazirligiga Belarus haqida gap ketganida faqat shu so‘zni ishlatish tavsiya qilindi. Shu paytgacha Shvetsiyada Belarusni «Belaya Rossiya» deb atab kelishgan.

Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde bugun, 25-noyabr kuni Minskka rasmiy tashrif bilan kelganidan so‘ng shu o‘zgarishlarga qo‘l urildi.

TIV rahbari tvitterda yozishicha, ushbu qaror ortida «milliy o‘ziga xoslik va mamlakat suverenitetini»ni ko‘rsatish istagi yotibdi.

Belarus nomi bilan bog‘liq chalkashliklar Litvada ham bor edi: ular qo‘shnilarini «Baltorusiya» deb atashardi. Mamlakatni to‘g‘ri nomlash borasidagi bahslar internetda ham to‘xtagani yo‘q: «Belorussiya» nomi eskirgani aytilmoqda, Belarus esa uzil-kesil «a» harfi bilan yozilishi ta’kidlanmoqda (Belorus emas!).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring