Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda prezidentlikka nomzod hibsga olindi

Belarusda prezidentlikka nomzod hibsga olindi

Viktor Babariko

Belarusda prezidentlikka nomzod, «Belgazprombank»ning sobiq rahbari Viktor Babariko hibsga olindi, dedi Belarus davlat nazorat qo‘mitasining rahbari Ivan Tertel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Babariko guvohlarga ta’sir o‘tkazishga, dalillarni yashirishga, shuningdek, uning nazoratidagi hisob raqamlaridan katta miqdordagi pulni yechib olishga harakat qilgan.

Tertelning aytishicha, davlat nazorat qo‘mitasi pulni o‘zlashtirish sxemalarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Unga ko‘ra, katta miqdordagi valyuta Babariko nazorati ostidagi xorijiy banklarga o‘tkazib berilgan.

Uning ta’kidlashicha, bir necha yil davomida «Belgazprombank»ning hisob raqamlaridan 430 million dollardan ortiq mablag‘ olib chiqib ketilgan. Bunday ma’lumotni Minskka latviyalik hamkasblari taqdim qilgan.

Ushbu ishga aloqadon yana 20 kishi hibsga olingan, ularning barchasi Babarikoga qarshi guvohlik berishmoqda.

Bundan tashqari, Babariko saylov fondining hisob raqami ham yopi qo‘yildi. Siyosatchining o‘zi bu harakatlar siyosiy buyurtma ekanligini aytmoqda.

Xalqaro ekspertlarga ko‘ra, Babarikoga qo‘yilgan ayblovlar uni saylovoldi poygasidan chetlashtirish uchun qilingan bosim sifatida baholanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring