Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda yana bir mashhur jurnalist qamoqqa olindi

Belarusda yana bir mashhur jurnalist qamoqqa olindi

Belarus Hrodna.life internet-resursining bosh muharriri Aleksey Shota hibsga olingan. Bu haqda mamlakat Jurnalistlar assotsiatsiyasi  xabar berdi.

Jurnalist Grodno shahrida o‘z uyi yonida hibsga olingan.

Hrodna.life veb-saytida ta’kidlanishicha, Shota avval tut.by saytida ishlagan, unga kirish Belarus axborot vazirligi tomonidan cheklangan. Hibsga olish tafsilotlari hali ma’lum emas.

Jurnalistning sobiq xotiniga ko‘ra, «avtobusda noma’lum shaxslar kelib» Shotani olib ketishgan. 

«Belsat» telekanalining Telegram-kanalida Shota Grodno-Leninskiy politsiya bo‘limida ekanligi haqida xabar berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Minskda o‘tgan hafta muxolif bloger Roman Protasevich o‘tirgan samolyot majburan qo‘ndirilgan va u hibsga olingandi. Shundan so‘ng, G‘arb jamoatchiligi mamlakat rahbariyatiga yangi choralar ko‘rilishini e’lon qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring