Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Berdimuhamedov hukumat a’zolariga bir oy ta’til berdi — viloyat hokimlari esa ishlaydi

Berdimuhamedov hukumat a’zolariga bir oy ta’til berdi — viloyat hokimlari esa ishlaydi

Foto: «Inform.kz»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida birinchi yarim yillik natijalaridan mamnun ekanini bildirdi. Minnatdorlik sifatida hukumat a’zolariga bir oylik ta’til taqdim etilganini ma’lum qildi.

Yaqin kunlarda natijalar sarhisob qilinib, viloyatlar hokimlaridan tashqari barcha rahbarlar 7-iyuldan 6-avgustgacha davom etuvchi ta’tilga chiqariladi, deyiladi xabarda.

Shuniyam qo‘shimcha qilish kerakki, Berdimuhamedov agrosanoat komplekslari rahbarlariga murojaat qilib, hozir, g‘o‘za parvarishi avjiga chiqqan pallada dam olishning mavridi emas deb hisoblovchilar bo‘lsa, ta’tilini boshqa paytga surish taklifini bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring