Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bishkekdagi portlashda bir ayol halok bo‘ldi, yetti nafar bola jarohatlandi (video)

Bishkekdagi portlashda bir ayol halok bo‘ldi, yetti nafar bola jarohatlandi (video)

Foto: «Sputnik»

Qirg‘iziston poytaxti markazidagi kafeda uchta kuchli portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 13 kishi jarohatlandi, deb xabar qildi «Sputnik».

«Yong‘in vaqtida fastfud xodimasi voqea joyida halok bo‘ldi. Jami 13 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari bolalar. Shifoxonaga 6 kishi yotqizildi, qolganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi. Shifoxonaning umumiy jonlantirish bo‘limiga ikki kishi yotqizildi, tashxis: tananing 25-30 foiz kuyish, ahvoli og‘ir. Shifoxonaning kuyish bo‘limiga 3 kishi tananing 5-13 foiz kuyishi bilan yotqizildi, ahvoli o‘rta», — deyilgan xabarda.  

Bugun, 8-noyabr kuni Chuy va Erkin shox ko‘chasi kesishmasidagi kafe yonib ketdi. Guvohlar uchta kuchli portlash yuz bergani haqida aytishdi. Militsiya kamida ikkita portlash haqida xabar qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz balonlar portlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring