Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biz shu paytgacha ko‘rmagan ranglar olimlarga ko‘rindi

Biz shu paytgacha ko‘rmagan ranglar olimlarga ko‘rindi

Foto: «Ferra.ru»

Tabiatda oddiy inson ko‘zi qabul qila olmaydigan ranglar mavjud. Masalan, qizg‘ish-yashil yoki sarg‘ish-ko‘k ranglar. Biroq Stenford universiteti tadqiqotchilari laboratoriyada mana shu ranglarni ko‘ra olish uchun sharoit hosil qilishdi. Bu haqda «Popmech» yozmoqda.

Bizning ko‘zlarimiz, yorug‘lik chastotalarining hammasini ham qabul qila olmagani bois, ayrim ranglarni ko‘rish imkoniyatidan mosuvo. Bu ranglarni shartli ravishda «taqiqlangan» ranglar desak ham bo‘ladi.

Aksariyat ranglar — har ikki ma’lumot kanalining birlashgan axboroti, buni miyamiz o‘zicha talqin qiladi. Bunda qizil rang yashilni «bekor qiladi», sariq esa ko‘kni. Shuning uchun ham biz hech qachon qizg‘ish-yashil yoki sarg‘ish-ko‘k rangni ko‘ra olmaymiz.

Inson ko‘zi ilg‘ay oladigan quyosh spektri. Foto: «Wikipedia»

Tadqiqotchilar Xyuitt Kreyn va Tomas Piantanida surat yaratishdi: unda qizil, yashil, sariq va ko‘k chiziqlar yonma-yon joylashtirilgan. So‘ngra tadqiqotga jalb etilgan o‘nlab ko‘ngillilarga ko‘z harakatlari va rangli yo‘laklar stabillashuvining ko‘z to‘ridagi aksini kuzatib boruvchi moslama yordamida suratga qarash aytildi. Ko‘ngillilarga ko‘ra, ranglar o‘rtasidagi farq borgan sayin yo‘qolib borgan, go‘yoki ular bir-biriga oqib o‘tayotgandek ko‘ringan.

Ekspertlar shu tarzda, muayyan sharoit yaratilsa, inson ko‘zlari «taqiqlangan» ranglarni ham ko‘ra olishini isbotlashdi

Inson ko‘z to‘ri pigmentli epiteliysi. Foto: «Wikipedia»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring