Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT Falastin bo‘yicha loyiha qabul qildi

BMT Falastin bo‘yicha loyiha qabul qildi

Foto:«China Daily»

BMT Bosh assambleyasida Falastin xalqini qo‘riqlash talab qilingan qonun loyihasi qabul qilindi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Turkiyaning sa’y-harakatlari hamda Jazoirning qo‘llab-quvvatlashi tufayli BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasi chaqirildi.

Sessiyada AQSh tomonidan BMT Xavfsizlik kengashida rad etilgan Falastin xalqini qo‘riqlash haqidagi qonun  loyihasi qayta ko‘rib chiqish uchun ovozga qo‘yildi.

Qonun loyihasi 120 ta ovoz bilan qabul qilindi. Loyihaga 8 davlat qarshi chiqdi, 45 davlat betaraf qoldi.

Loyihada: «BMT Bosh kotibidan vaziyatni tadqiq etib, qisqa fursatda ushbu qonunning qabul qilinishi bilan 60 kun mobaynida Isroil istilosi ostidagi Falastinda fuqarolarni qo‘riqlash, ularning xavfsizligi va farovon hayotini ta’minlash haqida yozma hisobot taqdim etishi kerak», – deyiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring