Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT: Janubiy Sudanga ocharchilik tahdid solmoqda

BMT: Janubiy Sudanga ocharchilik tahdid solmoqda

Foto: EPA/UPG

Janubiy Sudanda juda ko‘plab insonlarni yashab turgan joylarini tark etishga majbur qilgan qurolli nizolar, qurg‘oqchilik, oziq-ovqat narx-navosining osmonga chiqib ketishi keskin vaziyatni yuzaga keltirdi. Mamlakat aholisining 60 foizidan ziyodi to‘yib ovqatlanmaydi. Janubiy sudanliklarning juda ko‘pchiligi ocharchilik yoqasida qolgan. Bu haqda «Korespondent» BMT ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) va Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) taqdim etgan ma’lumotda ko‘rsatilishicha, 2019-yilning iyul oyi oxiriga borib qariyb 6,96 million nafar janubiy sudanlik oziq-ovqat yetishmovchiligidan qiynaladi. Ulardan 21 ming nafardan ortig‘ini ochlikdan o‘lim xavfi kutmoqda.

Inqiroz yanada chuqurlashib ketishidan xavotirga tushgan BMT vakillari xalqaro hamjamiyatni Afrika mamlakatiga yordam qo‘lini cho‘zishga chorlamoqda. Xabar berilishicha, FAO, WFP hamda UNICEF Janubiy Sudanning eng ko‘p aziyat chekayotgan tumanlariga insonparvarlik yordamlarini kengaytirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring