Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boku va Yerevan tinch aholiga o‘q uzmaslikka kelishdi

Boku va Yerevan tinch aholiga o‘q uzmaslikka kelishdi

Foto: «Public Radio of Armenia»

Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Jeneva (Shveysariya)dagi uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘dagi fuqaro ob’yektlarini o‘qqa tutmaslikka kelishdi, deya xabar berdi «Korrespondent». Bu haqda YeXHT Minsk guruhining (tashkilot saytida joylangan) 30-oktyabrdagi bayonotida ma’lum qilingan.

Zograb Mnatsakanyan (Armaniston TIV) va Jeyxun Bahromov (Ozarbayjon TIV) o‘rtasidagi muzokaralar olti soat davom etgan.

«Xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilgan holda, tomonlar aholi yoki harbiy bo‘lmagan ob’yektlarni qasddan o‘qqa tutmaydi. Tomonlar halok bo‘lganlarning jasadlarini ayirboshlash borasida faol hamkorlik qiladi», — deyiladi YeXHT bayonotida.

Bundan tashqari, Boku va Yerevan Qizil xoch xalqaro qo‘mitasi va YeXHT amaldagi raisi shaxsiy vakili ofisiga hamkorlikda xavfsizlikni kafolatlaydi.

Ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarga asirga olingan harbiylarning ro‘yxati (ayirboshlash uchun) hafta davomida taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring