Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boliviya go‘zali homiladorligi uchun unvonidan mahrum etildi

Boliviya go‘zali homiladorligi uchun unvonidan mahrum etildi

Foto: «Angelopedia»

Boliviya go‘zallik tanlovi g‘olibasi Joys Prado homiladorligi bois unvonidan mahrum etildi. Mamlakatdagi eng go‘zal qizlar tanlovini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ul «Promociones Gloria» modellik agentligi xabarida aytilishicha, Joys o‘zi imzolagan shartnoma shartlarini buzgani uchun jazolangan.

22 yoshli Joys Boliviyadagi eng yirik shahar — Santa-Krus shahrida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovining amaldagi g‘olibasi edi. U 2018-yili Jahon go‘zallari tanlovida mamlakat nomidan qatnashdi, biroq yarim finaldan uyog‘iga o‘tolmadi.

Yaqinda Joys farzand kutayotganini ma’lum qildi. Bolaning otasi paragvaylik maneken yigit — Rodrigo Himenes. Hozir ular o‘z munosabatlarini qonuniylashtirish bilan band.

Ma’lum qilinishicha, homiladorlik tanlov g‘oliblari amal qilishi zarur bo‘lgan shartnoma shartlarini qattiq buzish hisoblanadi.

«Go‘zal» maqomidan mahrum bo‘lganidan Joys Prado xafa emas, qaytanga qaylig‘i bilan munosabatlari yanada qalinlashayotganidan o‘zida yo‘q shod.

«Oilalarimiz bizni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ota-ona bo‘layotganimizdan ikkalamiz ham juda shodmiz. Bir-birimizga muhabbatimizning cheki yo‘q, bu yangilik esa bizni yanada yaqinlashtirdi», — dedi Joys.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring