Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moralesni hibsga olishmoqchi: «qarzlari» bor

Moralesni hibsga olishmoqchi: «qarzlari» bor

Janin Anes.

Foto: RG

Boliviya prezidenti v.v.b Janin Anes respublika sobiq prezidenti Evo Moralesni hibsga olishga order tez kunlarda berilishini ma’lum qildi, deyiladi RT xabarida.

«Mamlakat oldida javob berishi shartligi-yu, adolat qarshisida to‘lanmagan qarzlari borligini Moralesning o‘zi ham biladi. Albatta, yaqin kunlarda uni hibsga olish uchun order beriladi, biz bunga kirishganmiz», — «Los Tiempos» gazetasi Anesdan ana shu iqtibosni keltirmoqda.

Ya’ni Anes demoqchiki, Morales o‘z mamlakatiga nisbatan mas’uliyatsizlik qilgan.

Ma’lumot uchun: Meksikada qariyb bir oy, Kubada bir necha kun o‘tgan darbadarlikdan so‘ng, Morales Buenos-Ayresga kelgan va Argentinadan qochoq maqomi berishni so‘ragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring