Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘m-bo‘sh ko‘chalar maymunlarga qolib ketdi — Tailand (video)

Bo‘m-bo‘sh ko‘chalar maymunlarga qolib ketdi — Tailand (video)

Foto: «ViralPress»

Tailanddagi sayyohlik markazlaridan sanalgan Lopburi shahri ko‘chalari koronavirus tufayli huvillab qolgandi, ammo ko‘p o‘tmay sukunatni ovqat talashgan janjalkash maymunlarning shovqini buza boshladi, deb yozmoqda «Daily Mail».

Lopburi ko‘chalarda shaharlik maymunlar va ibodatxona maymunlari orani ochdi qilmoqda.

Videodan ko‘rinib turibdiki, yuzlab maymunlar yo‘llarni kesib o‘tyapti, keyin hammasi bananni qo‘lga kiritgan maymunni quvlab ketdi.

Sayohatchilarning oyog‘i uzilmaydigan Tailand koronavirus sababli huvillab qoldi, buni hammadan ko‘p maymunlar his etmoqda — ularning qorni och.

«Bular maymunlarmas, yovvoyi itlarga ko‘proq o‘xshaydi. Bir bo‘lak luqmani deb bir-birini g‘ajishga tayyor. Maymunlarni hech bunday tajovuzkor holatda uchratmaganman», — deydi bir ayol.

Ma’lumot uchun: Lopburi — Tailanddagi shu nomli viloyat markazi. Shahar o‘z maymunlari bilan mashhur. Kxmerlar ibodatxonalari atrofida yuzlab krabxo‘r makaklar yashaydi. Noyabrda, bayram payti ularni shaharliklar noz-ne’matlar bilan mehmon qilishadi. Shuning uchun ham maymunlar odamlardan tap tortmaydigan bo‘lib ketgan, shaharliklar va sayyohlarning ovqatini bemalol o‘g‘irlab ketaverishadi. Shaharga keluvchi sayyohlar avvaldan ogohlantiriladi: «Agarda shaxsiy narsalaringiz (paketlar, telefon, fotoapparat va boshqalar)ga ko‘z-quloq bo‘lmasangiz maymunlar o‘g‘irlab ketadi!».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring