Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britan turmalarida panjaralar o‘rniga shisha o‘rnatiladi

Britan turmalarida panjaralar o‘rniga shisha o‘rnatiladi

Foto: «kp.ru»

Britaniya qamoqxonalarida temir panjaralar o‘rniga shisha o‘rnatiladi. «Maxbuslar» va «kameralar» so‘zlari o‘rniga «odamlar» va «xonalar» so‘zlari qo‘llanadi. Bu Angliyada soliqlar orqali moliyalashtiriluvchi uch yillik loyiha bo‘lib, loyihaning maqsadi «qafas» obrazi bilan bog‘liq tasavvurni yo‘qotish va «maxbus» so‘zini ishlatmaslikdan iborat.

Britan olimlarining fikricha, temir panjaralar qamoqdagilar ruxiyatiga va uning sog‘lomlashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Endi britan turmalarida temir panjaralar o‘rniga ikki qavatli shisha o‘rnatiladi. Ular turmadan ko‘ra ko‘proq ruxiy reabilitatsiya amalga oshiriluvchi tibbiy maskanga o‘xshay boshlaydi. Shuningdek, qamoqxonalarda turli ranglar ham paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring