Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya armiyasi «hayratga soladigan holat»ga tushdi

Britaniya armiyasi «hayratga soladigan holat»ga tushdi

Foto: BBC

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining e’lon qilingan ichki hisobotida, mamlakat qurolli kuchlarining «hayratga soladigan holati» haqida aytilgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniyaning 33 piyoda batalonidan faqat bittasida kadrlar muammosi mavjud emas. Ular xususiy firma orqali ishchi kuchini jalb etgan. Ish haqi past ekani tufayli qolgan batalonlarda harbiylar yetishmaydi.

Afg‘onistondagi Britaniya kuchlarining sobiq qo‘mondoni polkovnik Richard Kempning aytishicha, xususiy kompaniya bilan 1,3 milliard funt sterlinglik shartnoma «halokatli qaror» bo‘lgan.

Shunday qilib, ishga qabul qilinayotganlar tanlov jarayonida byurokratik to‘siqlarga duch kelishdi, bu esa ularni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishdan qaytardi. Polkovnikning ta’kidlashicha, hatto elit Shotlandiya gvardiyasi ham qo‘shinlar yetishmasligiga duch kelgan.

«Hozirgi vaqtda armiyamiz Britaniyani himoya qilishda juda ozlik qiladi», deydi Kemp.

Hisobotlarga ko‘ra, Britaniya armiyasi 14 984 askarga muhtoj. Ayni vaqtda mamlakat faqat 11 mingga yaqin askarni jang maydoniga yuborish imkoniga ega.

2020-yil noyabr oyining o‘rtalarida Buyuk Britaniya hukumati to‘rt yil davomida mudofaa xarajatlariga qo‘shimcha 16,5 milliard funt ajratishi ma’lum bo‘lgan edi. Shunday qilib, mudofaa budjeti 10 foizga ko‘payadi. Bu so‘nggi 30 yil ichida Britaniyadagi rekord darajadagi sarmoya bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring