Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyalik musiqachi maymunlarga konsert qo‘ydi (video)

Britaniyalik musiqachi maymunlarga konsert qo‘ydi (video)

Foto: «News.sky.com»

Britaniyalik musiqachi Pol Barton Tailandda maymunlar uchun ajoyib konsert uyushtirdi. Tomoshabinlar bir joyda o‘tirisholmadi, lekin tadbir besamar ketgani yo‘q.

Musiqachi Betxovenni chalayotganda maymunlar, hatto, uning boshiga chiqib olishdi. Notalarni u yoqdan bu yoqqa varaqlashib, musiqiy asbobni sichkovlik bilan ko‘zdan kechirishdi.

Hozir Tailandda sayyohlar deyarli yo‘q, makakalar to‘dasi och-nahor izg‘ib yurishibdi. Klassik musiqa stressni yengillashtiradi, deydi Pol Barton.

U qadimiy hind ibodatxonasi, xo‘jalik mollari do‘koni va tashlandiq teatrda bir nechta konsert qo‘ydi. Ularning hammasi tomoshabinlarga boy bo‘lib, tinglovchilar oxirgi notagacha tarqalishmadi.

Britaniyalik musiqachi avval ham Tailandda reabilitatsiya markazida davolanayotgan kasal fillar uchun klassik kuylarni ijro etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring