Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha reyslar bekor qilindi: «British Airways» uchuvchilari ish tashlashdi

Barcha reyslar bekor qilindi: «British Airways» uchuvchilari ish tashlashdi

Foto: «Financial Times»

«British Airways» aviakompaniyasi bugun, 9-sentyabr kuni deyarli barcha reyslar bo‘yicha parvozlarni bekor qildi. Bunga ish haqlarini oshirishni talab qilib barcha uchuvchilarning ish tashlashi sabab bo‘ldi, deyiladi «Dw.com» xabarida.

Bugun va ertaga o‘tishi rejalashtirilgan norozilik namoyishida kompaniyada ishlovchi barcha 4,3 ming nafar uchuvchi qatnashmoqda. Ikki kunlik ish tashlash qariyb 300 ming nafar yo‘lovchining o‘z manziliga yetib olish bo‘yicha rejasini o‘zgartirishi mumkin.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ish tashlashning bir kuni aviakompaniyaga 40 million funt sterling zarar keltiradi, uchuvchilarning maoshi oshirilishi uchun esa 5 million funt kerak...

«British Airways» yo‘lovchilardan yetkazilgan noqlayliklar uchun uzr so‘ragan holda Britaniyadagi uchuvchilar kasaba uyushmalari vakillari bilan yana muzokara o‘tkazishga shayligini bildirdi. Kasaba uyushmalar esa 27-sentyabrda va ehtimol, Rojdestvo bayrami arafasida ham ish tashlash uyushtirmoqchi.

Aytish kerakki, kompaniya va kasaba uyushma o‘rtasidagi muzokaralar to‘qqiz oydan beri to‘xtagani yo‘q. Bu chigal tugun hammaning joniga tegdi: Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham yaqinda tomonlarni bir to‘xtamga kelib olishga chaqirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring