Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda eng yirik ish tashlash: 250 million kishi nimadan norozi?

Hindistonda eng yirik ish tashlash: 250 million kishi nimadan norozi?

Illyustrativ foto

Hindistondagi yetakchi 10 ta kasaba uyushmasi bugun, 26-noyabrda butun mamlakat bo‘ylab umummilliy ish tashlash bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda «Mk.ru» yozmoqda.

Aytilishicha, ish tashlashda 250 million kishi qatnashadi.

250 million kishi nimadan norozi?

Namoyishchilar qishloq xo‘jaligi va mehnat to‘g‘risidagi yangi qonunlarga qarshi — ular ishchilarning huquqlarini buzishidan shikoyat qilishyapti. Qo‘shimchasiga tashkilotchilar o‘z talablarini ham ilgari surishyapti: davlat korxonalarini xususiylashtirishni to‘xtatish, qishloq tumanlarida bandlikni kafolatlash dasturlarini kengaytirish shart. Kasaba uyushmalari, bulardan tashqari, hukumat qashshoq oilalarga nafaqalarni oshirishi, muhtojlarni oylik guruch va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlashini ham istashmoqda. Umuman olganda, Hindistonda koronavirus pandemiyasi tufayli nafaqat qashshoqlar, balki o‘rtahollarning ham ahvoli tanglashgan.

Hukumat esa, o‘z navbatida, banklar va uyali aloqa operatorlari faoliyatida uzilishlar yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring