Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari yuzma-yuz muzokara o‘tkazadi

Bugun Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari yuzma-yuz muzokara o‘tkazadi

Foto: «Lragir»

Bugun, 29-mart kuni Avstriya poytaxti Venada Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikola Pashinyan rasman uchrashadi. Tomonlar Tog‘li Qorabog‘ nizosini muvofiqlashtirish yuzasidan muzokara o‘tkazadi.

Armaniston bosh vazirining saytida ma’lum qilinishicha, Avstriyaga ketishdan avval Pashinyan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Bako Saakyan bilan telefonda suhbatlashgan.

Bungacha har ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari ham uchrashgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yanvar oyida Davos (Shveysariya)da o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida ham Ilhom Aliyev va Nikola Pashinyan uchrashgan edi.

Ma’lumot uchun: Tog‘li Qorabog‘dagi nizo 1988-yilning fevral oyida Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng yuzaga kelgandi. Nizo qonli qurolli to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Nizoni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi doirasida 1992-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolishga da’vo qilmoqda, Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring