Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Pxenyan tashkil topgan kun (foto)

Bugun Pxenyan tashkil topgan kun (foto)

Foto: delfi.lv

Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahriga 1570-yilning 15-oktyabrida asos solingan. Ha, shahar nisbatan ancha yosh, hatto tashkil etilgan kunigacha aniq. «Vikipediya»ga ko‘ra, koreys tilidan tarjima qilinganda «Pxenyan» so‘zi «keng yer», «qulay joy» ma’nolarini anglatarkan.

Quyidagi fotoreportaj esa Pxenyanning diqqatga sazovor ayrim yangi inshootlari haqida.

Pxenyandagi fan-texnika majmuasi.

Yuqoridagi majmuaning ichki ko‘rinishi.

Bo‘lajak olimlar ko‘chasi. Unda institutlar, laboratoriyalar, olimlar va tadqiqotchilarning uylari joylashgan.

Bolalar uyi fonidagi Buyuk rahbar.

«Munsu» akvaparki.

Tungi bayramona Pxenyan.

1 may nomidagi Ninnado stadioni. Dunyodagi eng ulkan bu stadionga 150 ming kishi sig‘adi.

Yana bir gigantizm namunasi — 105 qavatli «Ryugyon» (bir paytlar Pxenyan shunday nomlangan) mehmonxonasining tepa qismi. Balandligi — 330 metr. 

Yuqoridagi suratlarning aksariyati Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan taqdim etilgan. Albatta, har kim dunyoga yurtining go‘zal tomonlarini ko‘rsatishni istaydi. To‘g‘risi, Shimoliy Koreyani bunday yorqin bo‘yoqlarda ko‘rish yoqimli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring