Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyuk Britaniya Ukraina bilan birga Rossiya tajovuziga qarshi turmoqchi

Buyuk Britaniya Ukraina bilan birga Rossiya tajovuziga qarshi turmoqchi

Foto: «Reuters»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘z mamlakatiga «imkon bo‘lgani hamono» safarga taklif qildi. Bu haqida Buyuk Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

Mey va Zelenskiy kecha, 23 aprelda telefon orqali muloqot qilgan. Bosh vazir prezidentni saylovdagi g‘alaba bilan qutlagan.

Mey Buyuk Britaniya va Ukraina hamkorligini kengaytirish, xususan, «Rossiya tajovuzini ushlab turishda xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlash» taklifini bildirgan. Bosh vazir shu bilan birga Buyuk Britaniya Ukrainaning suvereniteti va xududiy yahlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Suhbat davomida har ikki tomon yaqin hamkorlik qilishga kelishib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring