Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 bilan og‘rigan bemorda ilk o‘pka jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

COVID-19 bilan og‘rigan bemorda ilk o‘pka jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Yaponiyaning Kioto universiteti shifoxonasi shifokorlari  COVID-19 tufayli kelib chiqqan pnevmoniya asoratlaridan aziyat chekayotgan bemorga birinchi o‘pka transplantatsiyasini o‘tkazishdi. Bu haqda NHK news telekanli xabar bermoqda. 

Ko‘krak qafasi xirurgiyasi bo‘limi direktori, professor Date Xiroshi payshanba kuni boshqa xodimlar bilan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Ma’lumot berilishicha chorshanba kuni Kansay mintaqasida yashovchi ayol o‘tgan yil oxirida koronavirus bilan kasallanganidan keyin unda og‘ir pnevmoniya rivojlangan va 11 soat davomida   operatsiya qilingan.

U yurak va o‘pka funksiyalarini almashtiradigan EKMO apparatlari yordamida davolandi va natijada virusga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ammo u fibroz tufayli o‘pkaning asosiy funksiyalarini yo‘qotdi, ya’ni o‘pkaning tiklanishiga umid qolmagan edi.

Shifokorlar bemorga uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lining o‘pka bo‘limlarini ko‘chirib o‘tkazdilar. Ayol ayni paytda reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. Shifokorlarning aytishicha, agar bemor sog‘ayishni davom ettirsa, u uch oy ichida to‘liq tiklanishi mumkin. Turmush o‘rtog‘i va va o‘g‘lining ham ahvoli qoniqarli.  

Yapon olimlari dunyoda birinchi marta koronavirus bilan kasallangan bemorga o‘pka to‘qimasini transplantatsiyasini o‘tkazganliklarini da’vo qilishmoqda. Ushbu o‘pka transplantatsiyasi koronavirus bilan kasallanganidan keyin jiddiy oqibatlarga olib kelgan odamlarni davolashning istiqbolli usuli bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring