Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Daniya bosh vaziri: «Keling, bo‘ladigan ishlardan gaplashaylik!»

Daniya bosh vaziri: «Keling, bo‘ladigan ishlardan gaplashaylik!»

Foto: «Information»

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen kim bo‘lishidan qat’i nazar, ayniqsa, AQSh prezidenti bilan «so‘z jangi»ga kirishga xohishi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu so‘zlar Donald Tramp matbuot anjumanida o‘zining Grenlandiyani sotib olish g‘oyasiga daniyaliklar  rahbariyatining munosabatini tanqid qilgan, Frederiksenning javobini «nomaqbul» va «yoqimsiz» deganidan so‘ng jarangladi.

Frederiksen orolni sotish g‘oyasini ko‘tarishning o‘ziniyoq «xomxayol» deb atagandi. Siyosatchi xonim hatto ittifoqchilar o‘rtasida ham fikrlar xilma-xilligi bo‘lishi mumkinligiga urg‘u berdi — bu haqda «DR» («Daniya radiosi») axborot agentligi xabar berdi.

Bosh vazir mavzuning tezroq yopilishiga, Daniya va AQSh o‘z kuchini muhimroq masalalarga, masalan, xalqaro miqyosda Daniya-AQSh hamkorligini mustahkamlashga qaratishiga umid bildirdi.

Siyosatchi alohida ta’kidladiki, mabodo AQSh prezidenti Daniyaga kelish niyatidan qaytmagan bo‘lsa, marhamat, «eshiklar hamon ochiq».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring