Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Daniyada hukumatning eng kam ish haqini joriy etish taklifi «bir ovozdan»... qaytarildi

Daniyada hukumatning eng kam ish haqini joriy etish taklifi «bir ovozdan»... qaytarildi

Foto: «Oilcapital.ru»

Daniya Folketingi (parlamenti)da an’anaviy ravishda hukumatning deyarli barcha tashabbuslarini qo‘llab keluvchi uch partiya («Liberal Alyans», «Daniya xalq partiyasi», «Konservatorlar») mamlakat bosh vaziri Lars Lyokke Rasmussenning muayyan kasblar uchun eng kam ish haqini rasman belgilash to‘g‘risidagi taklifiga qarshi chiqishdi. Bu haqda mahalliy «Børsen» («Birja») gazetasi xabar berdi.

«Bir yoqadan bosh chiqargan» partiyalar vakillarining fikricha, davlat ish haqini belgilashga aralashmasligi kerak va buni Daniyada azaldan mavjud «milliy kelishuv» (overensstemmelsesforhandlingerne) ixtiyoriga qo‘yib berishi lozim. «Milliy kelishuv» — kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi muzokara jarayoni, unda deyarli barcha sohalar uchun asosiy mehnat shartlari kelishib olinadi.

«Liberal Alyans» partiyasi vakili Yoakim Olsen eng kam ish haqi belgilab qo‘yilishi Daniyadagi erkin mehnat bozorini izdan chiqarib yuboradi degan xavotirda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring