Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp Hillari Klintonni prezidentlik poygasiga chorladi

Donald Tramp Hillari Klintonni prezidentlik poygasiga chorladi

Foto: «Tsargrad.tv»

AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratlar partiyasining 2016-yilgi prezidentilik saylovlaridagi sobiq nomzodi Hillari Klintonni yana prezidentlik poygasiga qo‘shilishga chorladi.

Bu haqda Tramp «Twitter»da yozdi.

«Korrupsiyalashgan Hillari Klinton o‘ta so‘lchi Elizabet Uorrendan imkoniyalarni yutib va o‘g‘irlab olish uchun prezidentlik poygasiga qo‘shilishi kerak, deb hisoblayman», — deb yozdi Tramp.

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, faqat Klinton xonim avval bir narsani tushuntirib berishi shart — Davlat departamenti rahbari bo‘lib ishlagan payti nega xizmat maqsadlarida shaxsiy elektron pochtasidan foydalangan?

Eslatib o‘tamiz, Hillari Klinton, Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbati stenogrammasi ochiqlanganidan so‘ng, Trampni sotqin deb atagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring