Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng boy insonlardan biri — Devid Kox vafot etdi

Dunyodagi eng boy insonlardan biri — Devid Kox vafot etdi

Foto: «Getty Images»

AQShda dunyodagi eng boy insonlardan biri Devid Kox 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda NBC biznesmenning akasiga asoslanib xabar berdi.

«Yurakda og‘ir dard bilan ukam Devid vafot etganini aytmoqchiman», — dedi Charlz Kox.

Devid Kox «Koch Industries» kompaniyasi rahbarlaridan biri bo‘lgan. Kompaniya savdo, investitsiyalar, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati, sun’iy tolalar va plastmassalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

Koxlar oilasi 2018-yili dunyodagi eng boy oilalar reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Charlz (1935-yilda tug‘ilgan) va Devid (1940-yilda tug‘ilgan) — «Koch Industries» asoschisi Fred Koxning o‘g‘illari. Ularning boyligi bir yilda 125 milliard dollargacha oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring