Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qimmat tiaralardan biri yangi egasini topdi

Dunyodagi eng qimmat tiaralardan biri yangi egasini topdi

Foto: «Imag.one»

Italiya qirollik oilasiga tegishli tiara (qadimgi podsholarning bosh kiyimi — tahr.) so‘nggi yillarda kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmat tiaralardan biriga aylandi. Xaridor uning uchun 1,66 million dollar to‘ladi, deya «Twitter»da xabar berdi Sotheby’s kimoshdi savdosi tashkilotchilari.

Qimmatbaho buyum Savoy uyiga tegishli bo‘lgan. U 1867-yilda zodagon Mariya Vittoriya dal Pozzoga keyinchalik taxtni egallagan Italiya qiroli Savoyning Amadeo I o‘g‘liga turmushga chiqqanida to‘y sovg‘asi sifatida tortiq qilingan.

Tiara XIX asrning oxirida Italiyaning Myuzi zargarlik uyi tomonidan tayyorlangan. U tomchi shaklidagi 11 ta tabiiy marvarid va olmoslar bilan bezatilgan. Eng katta marvaridning uzunligi 20 millimetrga teng. Ushbu zargarlik buyumini boshga ham, bo‘yinga ham taqsa bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring