Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng serqatnov aeroport ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng serqatnov aeroport ma’lum bo‘ldi

Foto: «Turotvet»

Dubay (BAA) xalqaro aeroporti, 2021-yil yakunlari bo‘yicha, yana bir bor dunyodagi eng serqatnov aeroportga aylandi.

TASS xabariga ko‘ra, Dubay aeroporti 8 yildan beri yetakchilik maqomini saqlab kelmoqda, hatto koronavirus pandemiyasi ham bunga xalaqit berolmadi.

2021-yilda Dubay orqali aviayo‘lovchilar oqimi 29,1 mln. kishini tashkil etdi. Bu pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan sezilarli darajada past, biroq 2020-yildagidan uch million kishi (12 foiz)ga ko‘proq.

Xabarda aytilishicha, «Ekspo-2020» butunjahon ko‘rgazmasi o‘tkazilishi sababli Dubay havo porti rekord darajada aviayo‘nalishlar kesishadigan nuqtaga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring