Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng baxtli va eng baxtsiz davlatlari e’lon qilindi

Dunyoning eng baxtli va eng baxtsiz davlatlari e’lon qilindi

Foto: «Simmalieberman.com»

Finlyandiya uchinchi marta ham «World Happiness Report» dunyoning eng baxtli davlatlari reytingida yetakchilik qilmoqda.

Dastlabki o‘ntalikka, shuningdek, Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Lyuksemburg kirdi. AQSh — 18, Germaniya — 17, Buyuk Britaniya — 13, Fransiya — 23-o‘rinni egallashgan.

BMT talqiniga ko‘ra, Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Zimbabve, Ruanda, Markaziy Afrika Respublikasi, Tanzaniya, Botsvana, Yaman, Malavi va Hindiston dunyoning eng baxtsiz mamlakatlari deb topilgan.

«World Happiness Report» ma’ruzasi har yili tuziladi. Unda 156 ta davlatdagi uzoq umr ko‘rish darajasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korrupsiya va boshqalar baholanadi. BMTning baxt to‘g‘risidagi ilk ma’ruzasi 2012-yilda chop etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring