Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng tirband megapolisi aniqlandi

Dunyoning eng tirband megapolisi aniqlandi

Inrix kuzatuv xizmati dunyoning yirik shaharlari yo‘llaridagi harakatlanishni tahlil qilib, eng intensiv harakat Londonda ekanligini aniqladi. Buyuk Britaniya poytaxti 2021-yilda eng uzun tirbandliklar bo‘lgan joylar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu hadqa Lenta.ru ma’lum qilmoqda.

2021-yil davomida londonlik haydovchilar tirbandlik uchun o‘rtacha 148 soat vaqt sarfladilar – bu koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdan atigi bir foizga kam va boshqa metropolislardan ancha ko‘p.

Parij tirbandlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – bu yil u yerda haydovchilar o‘rtacha 140 soat tirbandlikda turishgan. Uchinchi o‘rinni Bryussel (134 soat), to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni esa Moskva (108) va Nyu-York (102) egallagan.

2020-yilda eng tirband shaharlar reytingida London 16 o‘rinni egallagan edi. Mutaxassislarning fikricha, pandemiya boshida Britaniya poytaxtida ko‘plab velosiped yo‘laklari paydo bo‘lishi bilan yo‘llar avtomobillar yo‘li torayishi evaziga tirbandlik darajasi ortgan.

Biroq, Cycling UK xayriya tashkiloti bu da’voni rad etgan. Faollarning fikricha, velosiped yo‘llarini tirbandliklar sonining ko‘payishida sababchi qilib ko‘rsatmaslik kerak – ular transport tizimiga to‘g‘ri muvozanat va favqulodda vaziyatlarda tirbandlikka vaqt sarflamaslik imkoniyatini beradi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, muammo aholining avtomobillarga juda kuchli bog‘liqligidadir.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring