Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning havosi eng ifloslangan shahri aniqlandi

Dunyoning havosi eng ifloslangan shahri aniqlandi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek havosi eng kuchli ifloslangan shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu ma’lumot World Air Quality veb-saytida keltirilgan.

Bishkek havosidagi PM2.5 mayda zarralari konsentratsiyasi 8-noyabr holatiga ko‘ra bir kub metr uchun 294 mikrogrammni tashkil etdi, bu xalqaro me’yordan o‘n baravar yuqori.

Keyingi o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egalladi. Dehli havosidagi mayda zarrachalar konsentratsiyasi kubometr uchun 261 mikrogrammni tashkil etgan. Uchinchi o‘rinda Pokistonning Lahor shahri turibdi. 

Keyingi o‘rinlarda Hindistonning Kalkutta va Mumbay shaharlari joylashgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring