Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qamoqdan shifoxonaga o‘tkazildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qamoqdan shifoxonaga o‘tkazildi

Foto: «RIA Novosti»

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov hibsxonasidan «ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi bilan shifoxonaga o‘tkazildi, deya xabar berdi «RIA Novosti» davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, 29-iyun kuni Atambayev ahvoli yomonlashganidan shikoyat qilgan. Shu sababli undan COVID-19 ga PSR-tahlili olingan. Biroq test natijalari manfiy chiqqan.

«Shu kuni shifokorlar onlayn-konsilium o‘tkazishgach, «ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi qo‘yildi. Shifokorlarning konsiliumi bilan Atambayevni statsionar davolash uchun shifoxonaga o‘tkazishga qaror qilindi», — dedi matbuot xizmati vakili.

Ma’lumki, Almazbek Atambayev korrupsiyada aybdor deb topilgach, 11 yil-u 2 oylik qamoq jazosiga hukm etilgandi va uning mol-mulki musodara qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring