Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi rasman: Qozog‘iston MXQ sobiq rahbarlari qamoqqa olindi

Endi rasman: Qozog‘iston MXQ sobiq rahbarlari qamoqqa olindi

Karim Masimov.

Foto: «Trend.az»

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov hamda uning sobiq o‘rinbosari Anvar Sadikulovga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llandi.

Ular davlatga xoinlik va hukumatni kuch ishlatib egallashga urinishda ayblanyapti. Bundan tashqari, xizmat vakolatlarini suiistemol qilish ayblovi ham qo‘yilgan, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Masimov va Sadikulov 8-yanvarda qo‘lga olingandi, ularga nisbatan sudning qamoq chorasi endi rasman e’lon qilindi.

MXQning rahbarlaridan biri Davlet Yergojin ham tergovga tortilgani aytilmoqda.

Yuqori mansabli shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish maxfiy tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring