Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng jozibali va arzon poytaxt-shaharlar aniqlandi (reyting)

Eng jozibali va arzon poytaxt-shaharlar aniqlandi (reyting)

Foto: «Antitube.ru»

Dunyoning eng jozibali va narx-navosi cho‘ntakbop poytaxt-shaharlari reytingi taqdim etildi. Bu haqda «Business Insider» yozmoqda.

Nashr ushbu natijani ikki reyting asosida shakllantirdi.

Avvaliga Britaniyaning «Cuba Holidays» sayyohlik agentligi ma’lumotlari o‘rganildi. Mehmonxonada yashash, ovqatlanish, ekskursiyalarga chiptalar va transportda yurish narxlari solishtirib chiqildi.

Keyin eng arzon poytaxt-shaharlar orasidan eng jozibadorlari tanlab olindi. Bunda «Euromonitor International» ma’lumotlaridan foydalanildi. 

Indoneziya poytaxti — Jakarta o‘ziga xos bu reyting yetakchisiga aylandi — ham arzon, ham bu yerga kelganingizga pushaymon bo‘lmaysiz. Ikkinchi o‘rinda — Buenos-Ayres (Argentina), uchinchi — Pnompen (Kambodja), to‘rtinchi — Qohira (Misr) va beshinchi Mexiko — (Meksika).

Yetakchi o‘nlikning ikkinchi qismidan Moskva (Rossiya), Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni), Lima (Peru), Kuala-Lumpur (Malayziya) va Varshava (Polsha) joy oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring