Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng ko‘p shakar ishlab chiqaruvchi mamlakat eksportni chekladi

Eng ko‘p shakar ishlab chiqaruvchi mamlakat eksportni chekladi

Foto: «EADaily»

O‘z oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlash uchun Hindiston bug‘doy eksportini to‘xtatganini yozgandik. Endi navbat — shakarga.

Hindiston hukumati, narxlarni nazoratda ushlash uchun, sentyabrgacha davom etadigan marketing mavsumida shakar eksportini 10 mln tonnagacha kamaytirdi.

Mamlakatdagi sotuvchilar 1-iyundan 31-oktyabrga qadar shakarning istalgan eksporti uchun «maxsus ruxsatnoma» olishlari talab etiladi.

Hindiston shakar ishlab chiqarishda dunyoda birinchi, eksport qilishda Braziliyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Osiyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti sanalgan Hindistonda inflyasiya aprelda yillik kesimda 7,8 foizga chiqdi, bu so‘nggi sakkiz yildagi eng yomon ko‘rsatkich.

2021-yilning oktyabridan 2021-yilning sentyabriga qadar davom etuvchi marketing yilida hind shakar zavodlari 9 mln tonna atrofida mahsulotni eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring