Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng sayyohlarbop, xavfsiz mamlakat aniqlandi

Eng sayyohlarbop, xavfsiz mamlakat aniqlandi

Foto: «Artmaxtour»

Britaniya iste’molchilar uyushmasi — «Which?» sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlarni bir ro‘yxatga jamladi.

«Xavfsiz mamlakat»larni aniqlashda inobatga olingan jihatlar:

  • Tabiiy ofatlar va terrorchilar xuruji ehtimoli
  • Salomachilik uchun tahdid
  • Jinoyatchilik darajasi

Xorijiy turistlar dam olishni yoqtiradigan 20 ta mamlakatni sinchiklab o‘rgangan mutaxassislar bir narsada bir yoqadan bosh chiqarishdi: Islandiya dunyodagi eng tinch-osoyishta mamlakat.

Quruq bo‘lmasin, bir fakt: so‘nggi 18 yilda Islandiyada 36 kishi o‘ldirib ketilibdi. To‘g‘ri, Islandiyada odam ko‘p emas, biroq baribir, bu kriminalistlarning «tarozisi»da o‘lchanganda juda kam. Ya’ni juda yaxshi ko‘rsatkich.

Birlashgan arab amirliklari sharafli ikkinchi o‘rinda. Biroq arablarda terror xavfi ehtimoli Islandiyadagidan yuqori. Osiyoda javohiri — Singapur ham, turgan gapki, xavfsiz mamlakatlar uchligida.

Kontinental Yevropadagi turistlar uchun eng xavfsiz mamlakat Ispaniya to‘rtinchi pog‘onadan o‘rin olgan bo‘lsa, olis Avstraliya beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Endi sayyohlar uchun eng xavfli yo‘nalishlar... Janubiy Afrika, Turkiya va Tailand «top-20»likdagi jinoyatchilik avj olgan, xavfli kasalliklarni ilintirib olish xavfi ehtimoli yuqori mamlakatlar deya qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring