Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdog‘an tibbiyot niqoblarini sotishni taqiqladi — tekin bo‘lishi kerak

Erdog‘an tibbiyot niqoblarini sotishni taqiqladi — tekin bo‘lishi kerak

Foto: «Interfaks»

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatda koronavirusga qarshi kurash borasida yangi choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

«Mahalliy hokimliklar «ye-devlet» portali va milliy pochta (RTT) saytida tibbiyot niqoblarini so‘ragan fuqarolarimizga ularni bepul jo‘natishni boshladi. Niqoblarni sotish taqiqlanadi», — dedi Erdog‘an.

Turk rahbari mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi koronavirusni aniqlash bo‘yicha har kuni 20 mingdan ortiq test o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Qolaversa, Istanbul aeroporti yaqinida ming o‘rinli ikkita kasalxona quriladi.

Uning aytishicha, mamlakat hukumati COVID-19 pandemiyasi sharoitida yana 2,3 millionta oilaga yordam ko‘rsatish rejasi ustida ishlamoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya koronavirus eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar orasida 9-o‘ringa ko‘tarilgan: yuqtirganlar — 30217 nafar, tuzalib ketganlar —  1326 nafar, vafot etganlar — 649 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring