Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda avtobus halokatga uchradi: 27 kishi halok bo‘ldi

Eronda avtobus halokatga uchradi: 27 kishi halok bo‘ldi

Eronda yo‘lovchi avtobusi halokatga uchrashi oqibatida kamida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Mehr» agentligi ma’lumotlariga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Voqea Eronning Kurdiston viloyatiga qarashli Senendej shahrida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi avtobusi neft olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisadan omon qolgan bir haydovchining aytishicha, avtobus bekatda yo‘lovchi olayotgan bo‘lgan. Shu payt avtobus orqasidan yuk mashinasi kelib urilgan. Oqibatda ikkala transport vositasi ham olov olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring