Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda fitna bostirildi

Eronda fitna bostirildi

Foto: «Global Look Press»

Islom inqilobi soqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviy bugun, yakshanba kuni Fars agentligiga ma’lum qilishicha, Eron hukumati ikki sutka mobaynida katta fitnani fosh qilgan va bartaraf etgan. TASS yozishicha, fitna juda keng ko‘lamli bo‘lib, maqsad butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarni yuzaga keltirish bo‘lgan.

«Bu juda katta fitna edi va 48 soat ichida u yo‘q qilindi. U bunchalik qisqa muddatda yo‘q qilingani jahon ahlini hayratga solmoqda», — dedi Fadaviy.

Fadaviy Erondagi isyonlar ortida kimlar turganiga oydinlik kiritmagan.

Eronda 15-noyabrda benzin narxi uch baravar qimmatlashganidan so‘ng o‘n minglab eronliklar namoyishga chiqqandi. OAV xabarlariga ko‘ra, o‘nlab namoyishchilar halok bo‘lgan. Yuzlab shahar va qishloqlardagi do‘kon va banklar vayron qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring