Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda ikki kishi koronavirusdan vafot etdi

Eronda ikki kishi koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Iranian Red Crescent Society»

Eron hukumati mamlakatda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ikkita holat aniqlanganini kecha, 19-fevral kuni tasdiqladi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Har ikki kasal vafot etgan.

Hukumat bayonotiga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus — COVID-2019 oqibatida halok bo‘lgan bu ikki eronlik muqaddam xitoylik fuqarolar yoki Xitoydan kelgan boshqa shaxslar bilan aloqada bo‘lmagan. Bu haqda Eron SSV yuqumli kasalliklar bo‘yicha milliy qo‘mitasi a’zosi Mas’ud Mardoniy ma’lum qildi.

«Qum shahrida ushbu kasallik qanday yuqtirilgani xususida sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi qo‘mita surishtiruv olib boryapti, garchi virus aynan qayerda yuqqani borasida bizda aniq dalillar bo‘lmasa-da, kasallik qo‘shni davlatlardan kelgan sayyohlar orqali yuqqan bo‘lishi mumkin degan ehtimol mavjud», — dedi Mardoniy.

Ma’lumot uchun: Qum — butun dunyo shialari ziyoratga keladigan shahar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring