Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronga so‘nggi yarim asrdagi eng kuchli qurg‘oqchilik yopirildi: 101 shahar qizil zonada

Eronga so‘nggi yarim asrdagi eng kuchli qurg‘oqchilik yopirildi: 101 shahar qizil zonada

Foto: TASS

Eron janubi-sharqida so‘nggi 50 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda — yuzlab shaharlar suvsizlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Suvsizlikdan qiynalgan odamlar norozilik namoyishiga chiqishgan — bir odam halok bo‘lgan.

«Suv yetishmovchiligi oqibatida kecha Xuzistonning Shodigon shahrida kelib chiqqan namoyish paytida xavfsizlik kuchlari tomon o‘q uzilgan. Oqibatda 30 yoshli erkak halok bo‘lgan», — dedi ushbu viloyat hokimi o‘rinbosari Amid Sabri Bur.

Hokim o‘rinbosari ta’kidlashicha, ushbu mintaqada suv tanqisligiga oxirgi yarim asrdagi eng kuchli qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan. Ayni paytda Eronning suv inqirozi yuzaga kelgan 304 shahridan 101 tasi qizil zonaga kiritilgan — suv o‘ta taqchil.

Shuning barobarida mamlakatda koronainqiroz ham chuqurlashmoqda. O‘z o‘rnini yangi prezidentga bo‘shatib berayotgan Ruhoniy fors davlati koronavirusning beshinchi to‘lqini bilan to‘qnash kelishi ehtimolidan ogohlantirgandi.

Tabiatdagi muvozanat buzilmoqda, ayni kunlarda Yevropa, xususan, Germaniya va Avstriya kuchli suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda. Bu haqda ham xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring