Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga Islom hamkorlik tashkiloti navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi

Ertaga Islom hamkorlik tashkiloti navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi

Ertaga, 16-may kuni Islom hamkorlik tashkilotining Tashqi ishlar vazirlari doirasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya TIV ma’lum qildi.

«Turkiya tashabbusi bilan hamda Falastin hukumati va IHT sammiti raisi hisoblangan Saudiya Arabistoni bilan maslahatlashuv asosida 2021-yil 16-may kuni IHT Ijroiya qo‘mitasining Tashqi ishlar vazirlari doirasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishini videokonferensiya tartibida o‘tkazish belgilandi», — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish qatnashchilari Islom hamkorlik tashkiloti doirasida va xalqaro maydonlarda zarur choralar qo‘llash borasidagi tashlanajak qadamlarni muhokama qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring